Ucell va O‘zbekistondagi boshqa kompaniyalarga egalik qiluvchi Digital Holding QK RFning Digital Invest asoschisiga sanksiyalar joriy qilinganidan so‘ng nomini Digital Olding`ga o‘zgartirdi. Shuningdek, yangi ta’sischi paydo bo‘ldi. Buning natijasida Digital Invest endilikda QK nazorat paketiga egalik qilmaydi.
O‘zbekiston hukumati suv va alkogolsiz ichimliklarni majburiy markirovkalashni yana keyinga qoldirdi. Jarayon 2022-yil oktabr oyida boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq avval 2023-iyulga, endi esa 2024-yilning martigacha surildi.
AQSh Alisher Usmonovning USM xoldingi va unga aloqador kompaniyalarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ular orasida “Ohangaronsement”, Ucell ulushiga ega bo‘lgan Digital Invest va O‘zbekistondagi markalash tizimining operatori va boshqalar bor. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari ham sanksiyalar ostida qolgan.
USM Telecom, MegaFon va O‘zbekiston hukumati Digital Holding qo‘shma korxonasini tuzishdi. Unga USM — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan holdingi aktivlari kirdi. Rossiya tomoni korxonani rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi. Unga Ucell`ning sobiq bosh direktori Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.
«USM Telecom» va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan Digital Holding korxonasiga stansiyalarni qurish uchun doimiy foydalanishga mo‘ljallangan yer uchastkalarini auksionlarsiz olish imkoniyati, va shuningdek, turli imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, prezident qarori bilan korxonaga bir qator vazifalar qo‘yildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting